Breaking News

Tramp hukumatga kimlarni tanlayapti?


Tramp hukumatining tarkibi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Prezident etib saylangan Donald Tramp yaqin tarafdorlarini hukumat tarkibiga kiritishni boshladi. Ularning ayrimlari Trampning o'zi kabi bahsli chiqishlari bilan tanilgan.

Iste'fodagi general Maykl Flin milliy xavfsizlik bo'yicha Donald Trampning maslahatchisi bo'ladi. U Trampni partiyaviy saylovlar boshidayoq qo'llab-quvvatlagan. Flin "musulmonlardan qo'rqish mantiqli" degan bahsli bayonoti bilan tanilgan.

"Islom siyosiy ideologiya, siyosiy mafkura. U o'zini din nomi ostiga yashirgan", - degan edi Flin.

Tramp razvedka ma'lumotlarini to'plashda mahbuslarni qiynoqqa solish amaliyotini yoqlaydi. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga tanlangan kongressmen Mayk Pompeo ham shu fikrda.

Amerika adliya vaziri bo'lishi kutilayotgan senator Jeff Seshns esa musulmon muhojirlardan Tramp kabi shubha qiladigan arbob.

"Agar muhojirlar arizasini yetarli darajada tekshira olmasangiz, bu qo'lingizdan kelmasa, demak, terrorchilikka moyil ayrim odamlarni qabul qilayotgan bo'lasiz", - degan edi u.

Seshns noqonuniy muhojirlarning ashaddiy tanqidchisi.

"Ishli bo'lishga kim ko'proq haqli? Qonuniy muhojir, "grin karta" egasi va fuqaromi yoki mamlakatga noqonuniy kirgan odammi?" - deya so'raydi u.

Har qanday prezident kabi Tramp ham atrofiga mushtarak fikrlaydigan odamlarni yig'moqda. Trampga qarshi guruhlarning noroziligi cheksiz. Ular Seshnsni irqchilik va muhojirlarga nisbatan nafratda ayblasa, ayrimlar Flinning xarakterini savol ostiga olmoqda.

"U muhim masalalar ustida atroflicha fikrlaydigan odam emas. Ba'zan shoshib, o'zi yaxshi tushunmaydigan narsalar ustida qaror beradi", - deydi demokrat qonunchi Adam Shif.

Oq uy ma'muriyati rahbarligi uchun tanlangan Reyns Pribus nomzodlarni himoya qilmoqda.

"Ular shu yerda va xorijda mamlakatimizni himoya qilish uchun har kuni ertalabdan barcha choralarni ko'radi", - dedi u.

Seshns va Flin nomzodlarini Senat tasdiqlashi kerak.

"Keng qamrovli va ko'p savollarga tutib, shundan so'ng qaror berish kerak", - deydi demokrat senator Chak Shumer.

Kongressda ozchilikdagi demokratlar Tramp tavsiya qilgan nomzodlarning tasdiqlanishiga to'siq qo'ya olmaydi. Respublikachilar ko'pchilik har ikki palata yangi hukumat tarkibini ma'qullashi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG