70 yoshli nyu-yorklik milliarder, respublikachi Donald Tramp Amerikaning 45-prezidenti etib saylangani jahon bo'ylab norozilik uyg'otgan. Ular Trampni irqchilik, nafrat va global qadriyatlarga qarshi targ'ibotda ayblaydi. Tramp fikricha esa bu namoyishlar ortida samimiylik yo'q. Bu odamlar axborot vositalari uchun xizmat qilmoqda, deydi u.