Breaking News

AQShda oqava suvlarni tozalash qimmatga tushmoqda


Vashingtondagi "Blu Pleyns" zavodida qayta ishlanadigan oqava suv Potomak daryosi suvidan ham tozaroq holatga keladi. (Rosanne Skirble/VOA)
Vashingtondagi "Blu Pleyns" zavodida qayta ishlanadigan oqava suv Potomak daryosi suvidan ham tozaroq holatga keladi. (Rosanne Skirble/VOA)
Toza suv haqida qonun qabul qilinganiga 40 yil bo’ldi. Hujjat zavod va korxonalar ochiq havzalarga tashlovchi chiqitga cheklovlar joriy etgan. Atrof-muhit tozaligini saqlashda uning o’rni katta. Ammo oradan 40 yil o’tib moliyaviy muammolarga yuz tutayotgan ayrim korxonalar qonun talablarini bajarishga qiynalmoqda.

Toza suv, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00
Yuklab oling

Jorj Xopkins Vashingtondagi Suv va kanalizatsiya idorasini boshqaradi. Uning asosiy vazifasi oqava suvlarning shahar daryosiga quyilib, ikki million odam iste’mol qiladigan obi hayotni ifloslashiga yo’l qo’ymaslik. Infratuzilma eskirgani bois qonunga amal qilish qiyinlashmoqda, deydi u.

“Infrastrukturani yangilash uchun suv to’lovlaridan keladigan daromadni oshirish kerak”, - deydi Jorj Xokins.

Bu to’lovlar yildan yilga oshib borishi kutilmoqda. Yaqinda Kongress oldida gapirgan Xokins Toza suv qonuni ijrosi juda qimmatga tushayotganini aytgan.

“Himoya uchun ilgari 100 million dollar ishlatgan bo’lsak, hozir uning o’ndan birini olish uchun bir milliard dollar sarflayapmiz”, - deydi u.

Ogayoning Layme shahri meri Devid Bergerning Kongressga bildirishicha, uning shahri yangi qoidalarga rioya qilish uchun yetarli mablag’ga ega emas. Qonunchilar yordam berishi kerak, deydi u.

“Kongress bu qoidalarni majburiy deb belgiladimi, uni amalga oshirish uchun to’lovlarni to’lashda bizga yordam bersin. Buning uchun pul yoki siyosiy xohish bo’lmasa, unda yangi qonun-qoidalar ishlab chiqish kerak”, - deydi Berger.

Suvni tozalash haqida demokrat kongressmen Tim Bishop olg’a surgan qonun loyihasi to’xtab turibdi. Uning aytishicha, suv loyihalariga 2009-yilda 4,7 milliard dollar ajratilgan bo’lsa, 2012-yilga kelib bu 690 millionga tushib qoldi.

“Noto’g’ri yo’ldan ketyapmiz. Muammoni yechish o’rniga battar qilayapmiz”, - deydi Bishop.

Vashington shahri Suv va kanalizatsiya idorasi bosh menejeri Jorj Xokins so’zlariga ko’ra, bir yechim - chiqindini daromadga aylantirish. 2014-yildan boshlab zavod chiqitlaridan metan gazini olish yo’lga qo’yiladi. Undan ortgan axlatni foydali o’g’itga aylantirish ko’zda tutilmoqda.

Bu zavodning elektr xarajatlarini qisqartiradi, deydi Xokins.

“Biz Shimoliy Amerikada chiqindini qayta ishlab, energiya olishni yo’lga qo’ygan birinchi zavodmiz. Har bir zavod shunday texnologiyani joriy etishi kerak”, - deydi u.

Xokins toza suvga oid qonun ijrosi uchun ko’proq mablag’ so’rab Kongressni niqtab-turtishda davom etadi. Ungacha zavodlar chiqitni daromadga aylantirishning yangi yo’llari ustida ishlashi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG