Breaking News

Bolalarni tabiatni ardoqlashga o’rgatadigan dasturlar


Yosh tabiatparvarlar/Young environmentalists
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

Yosh tabiatparvarlar/Young environmentalists

Amerikada yoshlar orasida keng targ’ib qilinadigan tashabbuslardan biri - tabiatni asrash. Jamiyatning ekologik ongini oshirishda o’quvchi va talabalarning hissasi katta, deydi faollar.

Bolalarni tabiatni ardoqlashga o’rgatadigan dasturlar/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00
Yuklab oling

Tinch okeanida, Kaliforniya shtati sohilidan bir soatlik masofada Santa Kruz oroli bor. XIX-XX asrlarda chorva boqilgan bu hudud hozirda qo’riqxona. Suv va botqoqlar, o’t-o’simliklar qayta tiklanmoqda. Maktab o’quvchilari jonbozlik ko’rsatmoqda.

25 ming gektarlik Santa Kruzda bir vaqtlar hindu qabilalar yashagan, mol boqqan. Orolga begona o’simlik va hayvonlar olib kelingach ekologiya buzilgan. Insoniyat ko’z oldidagi bebaho tabiatning qadriga yetishi kerak, deydi murabbiya Ayrin Beyli.

“Bu yerlarga yot o’tlarni yo’q qilib, mahalliy o’simliklar ekayapmiz. Floraga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Orolga uchib keladigan qushlar, qumursqalar uchun ham foyda katta bo’ladi”.

O’quvchilar azaldan bu orolda yashagan hayvon turlarini o’rganyapti. Masalan, faqat shu yerda uchraydigan tulkini.

Los Anjelesdan kelgan bolalar Kelajak Uchun Ekologik Harakat Liderlari deb nomlangan loyiha ishtirokchilari. Dasturni Santa Kruz orolini izchil o’rganayotgan Tabiat Muhofazasi tashkiloti yuritadi.

O’quvchilardan biri Kira Adams tabiat naqadar boy deydi.

“Ba’zida orolning bir qismida o’zingizni xuddi Amazon o’rmonlaridagidek sezasiz. Keyin biroz yursangiz, dashtlik. So’ngra tropik jungliga kelib qolgandek bo’lasiz. Orolda sayr qilish juda qiziq. Muhit xilma-xil, manzara juda boy”.

Ba’zi o’quvchilar o’z kelajagini ekologiya sohasida ko’radi. Masalan, Glenda Sanchez - yosh tabiatparvarlardan biri.

“Menimcha, bizning avlod uchun tabiat, atrof-muhit, ekologiya haqida bilimga ega bo’lish juda muhim, chunki muammo nimadan iboratligini tushunsak, yechim topish ham oson bo’ladi,” - deydi u.

Tabiat shunday narsaki, deydi murabbiylar, bolalarni ahil qiladi. Ularni hayot va jamiyat haqida jiddiyroq o’ylashga chorlaydi.

“Bir-birimiz haqimizda yaxshiroq o’rganamiz bu yerda. Birga turli mashg’ulotlarda bo’lamiz, palatkalarda tunaymiz, doimiy muloqotdamiz. Bir-birimizni hurmat qilishni o’rganayapmiz,” - deydi talaba Sheron Tam.

Orol tabiiy qo’riqxona bo’lganligi uchun ayrim qismlariga kirish oson emas. Bolalar yozning to’rt haftasini shu yerda o’tkazadi. Santa Kruzdan ular o’z shaharlariga yangicha inson bo’lib qaytadi. Boshqalarga nisbatan mehri va e’tibori oshadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG