Breaking News

Jurnalistlar Prezident Trampni ziyofatda rosa mazax qildi


Oq uy Muxbirlar uyushmasi 28-aprel kuni Vashingtonda yillik ziyofatini o'tkazdi. Unga odatda prezident ham taklif qilinadi. Lekin Donald Tramp mana ikkinchi bor bu ziyofatda qatnashmadi.
Oq uy Muxbirlar uyushmasi 28-aprel kuni Vashingtonda yillik ziyofatini o'tkazdi. Unga odatda prezident ham taklif qilinadi. Lekin Donald Tramp mana ikkinchi bor bu ziyofatda qatnashmadi.

Prezident Donald Tramp boshqalarni kamsitishni, ularni mazax qilishni yaxshi ko'radi, lekin o'zi nishonga olinganida kesqin qoralab chiqadi. Jurnalistlar bilan bir dasturxonda o'tirishdan u bu yil ham bosh tortdi. Oq uy Muxbirlar uyushmasi 28-aprel kuni Vashingtonda yillik ziyofatini o'tkazdi. Unga har doimgidek prezident ham taklif qilindi. Lekin Donald Tramp mana ikkinchi bor bu ziyofatda qatnashmadi.

Oq uy muxbirlarining kechasi ko'ngilochar tadbir. Siyosiy satira sahnasi. Kechada asosiy mehmon ayol askiyachi Mishel Vulf bo'ldi. Gapini u Tramp va fohisha orasidagi aloqa qanday kechishi mumkinligidan boshladi. Prezidentni ziyofatga kelmaganini qo'rqoqlikka tenglashtirdi. Prezident shu qadar bezbetki, unga hech qanday gap ta'sir qilmaydi, hatto eng qabih haqorat ham, dedi Vulf.

Askiyachi prezidentga qarab "siz boy emassiz", - dedi. Uningcha, shunday gap Trampga ta'sir qilishi mumkin. "Siz balki Aydaxo shtatida boy hisoblanarsiz, lekin Nyu-Yorkda sizning boyligingiz ko'plab odamlar uchun normal hol".

“2018-yildamiz. Men ayol kishiman. Bu degani hech kim ovozimni o'chira olmaydi, agar Maykl Koen menga 130 ming dollar uzatmasa", - deya hajv qildi u, Trampning advokati prezident bilan bir paytlar don almashgan pornografik yulduzning sukut saqlashga qanday ko'ndirilganiga ishora qilib.

Vulf o'z hajviyalarida misli ko'rilmagan darajada erkin so'zladi. Prezident va Oq uyning faoliyatini kulgi qildi.

"Meni bu yerga chaqirishdan oldin yaxshilab tekshirish kerak edi, chunki men bunday imkoniyatlarni boy bermayman, og'zim bir ochilsa, tamom", - deya ogohlantirdi u.

Qiziqchi Mishel Vulf, Vashington
Qiziqchi Mishel Vulf, Vashington

Tramp bu kunni Michigan shtatida saylovchilar bilan uchrashuvlarda o'tkazdi.

"Oq uydagi muxbirlar bilan nima qilaman? Nimasi qiziq ularning? Men o'zim uchun muhimroq va qiziqroq joydaman hozir", - dedi u Detroitdan turib gapirar ekan.

“U yerda o'tirishim mumkin, birma-bir nishonga olinib. Lekin bu odamlar nafratga to'la. Shunga qaramay jilmayib o'tirishim kerak. Kulsangiz ham baloga qolasiz, kulmasangiz ham", - deya qo'shimcha qildi u.

Oq uy Matbuot kotibi Sara Hakabi Sanders
Oq uy Matbuot kotibi Sara Hakabi Sanders

Muxbirlarning ziyofatida prezidentdan tashqari qattiq kulgi qilingan odam bu matbuot kotibi Sara Hakabi Sanders bo'ldi. Uning gapirishi, ko'rinishini, kelib chiqishi, masxara qilinmagan jihati qolmadi.

"Faktlarni olovga otadi. Tutuniga ko'zini boyaydi", - deya tasvirladi Vulf Prezident Trampning matbuot kotibini.

Qiziqchining aytishicha, Sanders oq tanli insonlar, xususan ayollar uchun sharmandalik timsoli, vijdonsizlikda unga yetadigani yo'q, "turgan bitgani yolg'on". Bu gaplarni odatda Oq uyni yoritadigan jurnalistlardan ham eshitasiz.

Mishel Vulf o'z chiqishida siyosat va siyosatchilarni, jumladan, shunday tanqid qildi:

"Esda tuting, men bu yerga qiziqchilik qilish uchun keldim. Boshqa maqsadim yo'q. Hech narsaga erishmoqchi emasman. Xuddi Kongress a'zolari singari. Safsata sotayapman xolos", - dedi u.

"Tramp Rossiya bilan aloqada ekan, Hillari hatto Michigan bilan ham aloqa qilmagan".

"Tramp o'qituvchilarga qurol bermoqchi. Juda yaxshi-da. Ular bu qurolni sotib, ularga kerakli boshqa o'quv qurollari xarid qiladi".

Tramp matbuotchilarni "soxta xabarchilar" deb ataydi. Muxbirlarning ziyofati oldidan bu borada tvit qilib, Oq uy jurnalistlari uyushmasi va uning yillik yig'inini "o'lik narsa" deya qoraladi.

Qiziqchi Vulf esa Tramp ma'muriyatini "ifloslikka asoslangan" boshqaruv deya ta'rifladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG