Breaking News

Oq uy Eron bilan birga-bir muloqot rejasini inkor etmoqda


Oq uy, Vashington.
Oq uy, Vashington.
Oq uy “Nyu-York Tayms” gazetasining AQSh Eron yadro dasturi bo’yicha islomiy respublika bilan ilk bor birga-bir uchrashishga kelishdi, degan xabarini rad etmoqda.

Obama ma’muriyati bu masalada BMT Xavfsizlik Kengashi va Germaniya bilan hamkorlikda yondashishda davom etishini bildirdi. Eronni yadro quroli dasturidan qaytarish uchun diplomatik yechim izlaymiz, ammo boshqa choralarni ham hisobdan chiqarganimiz yo’q, deydi Oq uy vakili.

Eron yadro dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini aytib keladi.

“Nyu-York Tayms”dagi maqolaga ko’ra, AQSh va Eron rasmiylari Barak Obama 2009-yilda prezident bo’lganidan beri xufyona uchrashib keladi.

Unda aytilishicha, Eron AQShga bu masalaga prezident saylovlaridan so'ng qaytishni taklif etgan, chunki Tehron, deyiladi maqolada, kim bilan muzokara qilishni bilmoqchi. Obama ma'muriyati bilanmi yoki Romni bilanmi.

Mitt Romni Obamani Eronga nisbatan yumshoq siyosatda ayblab, prezident bo’lsa, Eronni yadro dasturidan qaytarishga so’z bergan.

Gazetaga ko’ra, ikki tomonlama muloqotda yadro dasturi muhokama etilyapti, xolos. Hatto Suriya masalasi ham ko’tarilgani yo’q.

Isroil nazarida Qo’shma Shtatlar Eron bilan gaplashgandan ko’ra sanksiyalarni kuchaytirishi lozim.
XS
SM
MD
LG