Breaking News

COVID-19 infeksiyasi 100 mamlakatni qamrab oldi


Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni 100 ga yetganini bildirmoqda. Xitoydan keyin eng ko’p o’lim hollari Italiyada qayd etilgan – 233 ta. Bu mamlakatning 16 million aholi yashovchi shimoliy qismida karantin e’lon qilindi.

Bu degani, Italiya iqtisodiyotini tebratuvchi Lombardiya regioni va uning markazi Milanda kuchli cheklovlar joriy etilgan va 3-aprelgacha davom etadi. Yevropada virus o’chog’i bo’lib qolayotgan Italiyada kasallanganlar soni 6000 ga yaqinlashmoqda.

Mamlakat bo’ylab muzey, teatr, kinoteatr, tungi klub va boshqa dam olish maskanlari yopiladi. Nafaqadagi shikoforlardan xizmatga qaytib, kasallarni davolashda ko’maklashish so’ralmoqda.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, koronavirus keltirib chiqaruvchi COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar dunyo bo’ylab 107 200 ga yetgan.

Masjid al-Harom, Saudiya Arabistoni
Masjid al-Harom, Saudiya Arabistoni

Epidemik vaziyat o’ta og’ir mamlakatlardan biri Eronda o’lganlar 194, kasallanganlar 6655 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida parlamentning 20 dan oshiq a’zolari va yuqori lavozimdagi rasmiylar ham bor. 24 soatda 49 kishi vafot etgan. Janubiy Koreyada esa kasallanganlar 7300 dan oshgan.

Xitoyning Guanjou viloyatida COVID-19 bemorlarini karantinda saqlash uchun ishlatilayotgan menmonxona qulashi oqibatida olti kishi halok bo’lgan.

AQShda ahvol qanday?

29-fevralda atigi bir bemor qayd etilgan Qo’shma Shtatlarda hozirda ularning soni 400 dan oshdi, 19 kishi olamdan o’tgan. Ilk kasallik holatlari Vashington shtatidagi qariyalar uyida topilgan edi.

Kuni-kecha Vermont, Missuri, Virjiniya va poytaxt Vashingtonda ham COVID-19 ilk bor qayd etildi. San-Fransisko sohillarida 3500 yo’lovchini olib ketayotgan kruiz kemasida ham 21 kishida virus aniqlangan.

Prezident Donald Tramp yo’lovchilarni kemada ushlab turgan ma’qul deyishiga qaramasdan, ularni 9-mart kuni tushirib, karantinga olishga qaror qilingan.

“Koronavirusga qarshi kurashish rejamiz mukammal. Boshidan ayrim joylarda chegarani yopdik. Vitse-prezident vazifalarini a’lo bajaryapti. Soxta xabarlar tarqatuvchi ommaviy axborot vositalari bizni yomonotliq qilmoqchi. Afsus!”, - deb yozdi Tramp “Twitter”dagi sahifasida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG