Breaking News

Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan


Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan
Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan

AQShda vino savdosi 17 yildan beri ko’tarilsa ko’tarilayaptiki, also tushmayapti. Bu mamlakatda vino asosan g’arbda, xususan Kaliforniya shtatida ishlab chiqariladi.

Napa, Sonoma va Valexo vodiylaridagi uzumzorlardan olingan vinolarning dunyoga dong’i ketgan.

Lekin vinochilik keyingi paytda sharqiy shtatlarda ham ancha rivojlanib bormoqda. “Amerika Ovozi” yaqinda Virjiniya uzumzorlarida bo’lib, vino qiladigan kichik xo’jaliklar faoliyati bilan tanishdi.

Shtatining Pursvil shahri Vashingtondan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda ko’plab uzumzorlar, vinochilik xo’jaliklari bor. Sayyohlar ko’p boradigan joylar. Dam olasiz, vinodan tatib ko’rasiz, bahavo joylar.

“Biz turklar qayg’uda ham shodu hurramlikda ham ichkilik ich deymiz. O’tgan yili odamlar iqtisodiy jihatdan qiynaldi, lekin bizning savdo deyarli to’xtamadi. Bir qultum sifatli vino g’am-tashvishni unitishga, hordiq chiqarishga yordam beradi”, - deydi asli turkiyalik Bora Baki.

U Qo’shma Shtatlarga 1979 yilda ko’chib kelgan. Bundan 10 yil ilgari savdo-sotiq ishlaridan nafaqaga chiqaman deb turgan paytida, uning o’g’li Karim vinochilik biznesi haqida gap ochib qoldi.

Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan
Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan

"Universitetni tamomlayotgan edim. Ish qidirish kerak edi. Otam ham unchalik band emasdi”, - deydi Karim.

Biznes yo’lga tushgach, qiziqish ortib Karim vinoshunoslik sohasi bo’yicha magistrlik darajasini ham yoqlab oldi. Hozir o’z xo’jaligida ishlabgina qolmay, boshqalarga ham xizmat ko’rsatadi.

“Virginiya shtati iqlimi uzum yetishtirishga uchun aymi muddao. Barcha sharoit mavjud. Har bir biznesda bo’lgani kabi bu yo’nalishda ham o’zining muammolari bor, lekin bartaraf etsa bo’ladigan muammolar”, - deydi u.

2003 yilda Virjiniya shtatida 96 ta vino yetishtiruvchi xo’jalik bor edi. Endilikda ularning soni 190 ga yetgan.

Anna Xaydig Virjiniya vino xo’jaliklari uyushmasi rahbari. U 1990 yilda shtatda birinchilardan bo’lib, “Layk Anna” nomli biznes ochgan.

“Shtatimiz dalalarining unumdorligi ko’pchilik vino ishqibozlarini o’ziga jalb qilgan. Hatto Kaliforniyadan ham sarmoyadorlar kelib, Virjiniyada bir nechta vino xo’jaliklari tashkil qilgan.. Bu yo’sh, tez rivojlanayotgan va kelajagi bor yo’nalish. Vinochilar bu imkoniyatlarni ko’ra bilganidan xursandman. Vinolarimizning raqobatdoshligiga ishonaman”, - deydi Xaydig.

Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan
Iqtisodiy krizis AQShda spirtli ichimliklar savdosiga ta'sir qilmagan

Yirik xo’jaliklar yiliga 40 ming quti vino ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Xilsboro kabi kichikroq firmalar esa kamroq, yiliga 5 ming quti vino tayyorlaydi.

Uzumzorlarga tashrif buyurib, vino qanday tayyorlanishini o’z ko’zi bilan ko’rishga qiziqqanlar ko’p, deydi Pandit Patil. U 2009 yilda rafiqasi Sudha bilan kichik vino xojaligiga asos solgan.

“Kelasi besh yil ichida katta bir biznesga aylanishimizga ko’zim yetadi. Shunga harakat qilayapmiz”.

Buning uchun Virjiniyada imkoniyat katta. Serquyosh, suvga boy hudud. Bu yerda dam olish maskanlari ham ko’p.

Bu xo’jalik “Narmada” deb nomlangan. Dam olish kunlari bu yerda jonli musiqa sadolari yangraydi.

“Mehmonlarga hind taomlari ham taklif qilamiz. Qaysi taom muayyan bir vino bilan yaxshi ketadi, bunga e’tibor qaratamiz”, - deydi Patil.

Bu oila ishlab chiqargan vino bir necha musobaqalarda nufuzli sovrinlarni qo’lga kiritgan. Mukofot ishonchni oshiradi. Undan rag’batlangan tadbirkorlar biznesni kengaytirish haqida o’ylaydi.

Vino sanoatini yo’lga qoyish oson emas, deya tan oladi vino idorasi va marketing bo’limi rahbari Anetta Boyd.

"Shtatimizning o’zida vinoni savdoga chiqarish murakkab masala. To'g’ri, xo’jaliklar ko’payib bormoqda. Mahalliy do’konlar ham o’zimizda tayyorlangan vinoni sotib olmoqda. Talab bor. Gap sifatda. Asta sekin harakat qilayapmiz. Umidlar katta".

Karim Baki va Sudha Patil ham mahsulot sifati muhim ekanini aytadi. Jahon vinolari bilan tenglashish uchun hali ko’p mehnat qilish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG