Breaking News

So'rov: AQSh yoshlarining dunyo haqidagi bilimi past


AQSh yoshlari dunyo haqida qanchalik biladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00

AQShlik talabalar geografiya, atrof-muhit, AQSh tashqi siyosati, iqtisodiyot hamda xalqaro voqealar haqida nimalarni biladi? O'tgan yili Milliy geografiya jamiyati hamda Xalqaro aloqalar kengashi shu haqda so'rov o'tkazdi. Agar u imtihon bo'lganda, ishtirokchilarning aksariyati undan o'ta olmagan bo'lardi.

So'rovda 18 va 26 yosh orasidagi, kollej va universitetda o'qigan yoki o'qiydigan ming talaba qatnashdi.

Savollar dunyo va Amerikaning undagirolini yoshlar qanday tushunishini o'rganishga qaratildi. Natija quvonarli emas. O'rtacha baho 55 foizni tashkil etdi.

"AQSh katta o'rin tutadigan tartibli dunyoga boshqa muqobil yo'q. Lekin yosh yigit-qizlarga qarasak, biz shuni tushunadigan odamlarni yetarli darajada tarbiyalay olmayapmiz", - deydi Xalqaro aloqalar kengashi tadqiqotchisi Richard Has.

Agar Yaponiya hujumga uchrasa, AQSh uni himoya qilishga majburmi? Talabalarning faqat 28 foizi bunga to'g'ri javob bergan.

Faqat 30 foiz ishtirokchi urush boshlash huquqi Kongressda ekanini bilgan.

Yaxshi xabar shuki, so'rov natijalari qoniqarsiz bo'lsa ham, qatnashchilarning aksariyati dunyo haqida ko'proq bilishni xohlashini va bu muhim ekanini aytgan.

"Biz yoshlarga qanday chiqib borish yo'llarini izlayapmiz, chunki ular bilishni xohlashyapti. Ular biror gazeta yoki jurnalni olib, o'qishga tushib ketishini kutmasligimiz kerak", - deydi Milliy geografiya jamiyati vakili Syuzen Goldberg.

Shu maqsadda ijtimoiy media loyihalari tayyorlanmoqda. Maqsad, deydi tashkilotchilar, talabalar bilmaydigan narsalarni fosh qilish emas, balki ular bilishni xohlaydigan ma'lumotlarni berish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG