Dunyoda neft, gaz va mineral resurslarga boy davlatlar kam emas. Lekin ularning ko’pginasida bu zaxiralar savdosidan olinadigan katta daromaddan xalq naf ko’rmaydi. Vaholanki, daromadni iqtisodiy o’sishni ta’minlash va qashshoqlar sonini kamaytirishga yo’naltirish mumkin. Shuni ko’zlagan holda bir xalqaro tashkilot sohadagi talablarni o’zgartirmoqda.
Zaxiralarni qazib chiqarish sanoatida oshkoralik tashabbusi, deb nomlangan tashkilotning Avstraliyada bo’lib o’tgan yig’inida yangi talablar tasdiqlandi. 2003-yilda boshlangan tashabbusga hukumatlar, yirik kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar a’zo.
“Revenue Watch Institute” nomli daromadlarni kuzatib boruvchi tashkilot rahbari Aleksandra Gilles sohada qattiq talablar o’rnatilishi kerak, deydi.
“Neft, gaz va konchlilikka ixtisoslashgan kompaniyalarni o’z faoliyatining moliyaviy jihatlari haqida ochiq ma’lumot berishga undaymiz. Loyihaga qo’shilgan davlatlar ma’lumotlarni oshkor etish mas’uliyatini o’z zimmasiga oladi”, - deydi faol.
Tashabbusga 40 dan ziyod davlat, shu jumladan Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Afg’oniston a’zo. Ular orasida O’zbekiston yo’q.
"Hukumatlardan neft, gaz va boshqa qazib olinadigan resurslardan qancha daromad olinishini e’lon qilish talab qilinadi. Kompaniyalardan esa hukumatlarga qancha pul to’laganini oshkor etish. So’ngra ikki tarafdan olingan raqamlarni mustaqil auditor o’rganib chiqadi va tasdiqlaydi. Jarayon shaffofligini ta’minlash uchun bu muhim qadam”, - deya tushuntiradi Aleksandra Gilles.
Aytish joiz, neft va gaz murakkab sohalar, daromad olish yo’llari ko’p va qaror qabul qilishda rahbarlarning bir necha qatlami qatnashadi. Asosiy maqsad foydadan nafaqat hukumat rasmiylari va xususiy biznes, balki xalq ham huzur ko’rishini kafolatlashdir, deydi suhbatdosh.
Yangi qabul qilingan talablarga ko’ra, ishlab chiqarish hajmi, korporatsiyalarning ijtimoiy mas’uliyati doirasidagi to’lovlar hamda markaziy hukumatdan mahalliy hokimiyatlarga o’tkazilgan mablag’larga oid barcha informatsiya ma’lum qilinishi kerak. Mamlakatlar, shuningdek, litsenziyaga ega kompaniyalar ro’yxatini e’lon qilishi kerak.
“Talablar juda sodda tuyulishi mumkin, lekin, masalan, Qozog’iston yoki Mozambikda qaysi kompaniyalar litsenziyaga egaligini hech kim bilmaydi”, - deydi Gilles.
Neft va gaz milliy kompaniyalarini nazorat qilish ham katta ahamiyatga ega. Chunki Iroq, Nigeriya va ko’pgina boshqa mamlakatlarda sohadagi asosiy o’yinchilar aynan shular.
“Tabiiy zaxiralarga boy jamiyatlarda bir milliarddan ortiq odam kambag’al. Kuniga besh dollar yoki undan ham kam topadi. Demak, gaz, neft va boshqa minerallar sadvosidan tushadigan daromadni qashshoqlik ko’lamini kamaytirish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun sarflash kerak. Zaxiralar to’g’ri boshqarilsa va taqsimlansa, bu maqsadga erishsa bo’ladi”, - deydi “Revenue Watch Institute” nomli tashkilot rahbari.
Yangi talablarga rioya qila boshlash uchun mamlakatlarga bir yil vaqt beriladi.