Breaking News

Jahon Savdo markaziga qilingan ilk xurujga 25 yil to'ldi


Jahon Savdo markaziga qilingan ilk xuruj
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

1993-yil terrorchilar Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo markazi ostida 500 kg bomba portlatib, olti kishini o'ldirgan, mingdan ortiq odamni jarohatlagan edi. Oilalar yaqinda ushbu mudhish voqeaning 25 yilligini xotirlab, qurbon bo'lganlarni yodga oldi.

1993-yil Jahon Savdo tashkilotiga uyushtirilgan ilk mudhish hujumning olti qurboni xotirlanmoqda. Bu 2001-yilgi 11-sentabr xurujidan sakkiz yil oldin yuz bergan. Halok bo'lganlarning olti nafari shtat transport idorasining xodimi edi. Ulardan biri homilador bo'lgan.

"O'sha kuni bu narsaga tayyor emas edik. Amerika ustimizga kelgan bu voqeaga tayyor emas edi. Buning uchun uzr zo'rayman, taassufdamiz", - deydi Nyu-York va Nyu-Jersi Port ma'muriyati rahbari Kevin Otul.

"93-yilgi portlash kutilmagan voqea bo'ldi. Amerikaga tahdidlarning boshlanishi edi bu", - deydi xurujda yaqinini yo'qotgan amerikaliklardan biri.

25 yil oldin terrorchilar savdo markazi ostidagi garajda mashinani portlatib, har ikki binoni qulatishni ko'zlagan edi. Bu amalga oshmadi. Ammo odamlar hayoti boy berildi.

"Har kuni yo'limiz ko'p odamlar bilan kesishadi va ularni qaytib hech qachon ko'rmasligimiz mumkin. 1993-yilning 26-fevralida ham shunday bo'ldi. Mutlaqo begona odamlar edi va endi ular hech qachon qaytib kelmaydi. Biz esa qoldik", - deydi Endryu Kolabella.

Xotira tadbirida o'lim emas, hayot ham yodga olindi. Olti insonning, birinchi yordamga shoshilganlarning matonati va qahramonliklari eslandi. Liza Knepning turmush o'rtog'i o'sha kuni otasini boy bergan. U farzandlari bobosi haqida ko'proq bilishini istaydi.

"Uni qattiq yaxshi ko'rishgan, u haqdagi qiziq hikoyalar uni doim barhayot qiladi. Bu oson emas, lekin shunday qilishga majburmiz", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG