Yamanda hukumatga qarshi namoyish qilayotgan faollar vitse-prezident Abdulrab Mansur Hadini davlat rahbari yo'qligidan foydalanib muvaqqat hukumat tuzishga chaqirmoqda.
Prezident Ali Abdulla Solih o'tgan hafta raketa hujumida yaralanib, ayni damda Saudiya Arabistonida davolanmoqda, vakolatlari esa vaqtincha Hadiga o'tgan.
Omma bugun vitse-prezident qarorgohi qarshisida namoyish qilgan.
Saudiya rasmiylarining bildirishicha, prezident Solihning ahvoli yaxshi. Ayrim manbalarga ko'ra, hujumda tanasining 40 foizi kuygan.