Breaking News

Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih raketa hujumida jarohatlangan


Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih raketa hujumida jarohatlangan
Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih raketa hujumida jarohatlangan

Yamanda prezident saroyi raketa hujumiga uchrab, davlat rahbari Ali Abdulla Solih, bosh vazir va parlament spikeri yaralangan. Raketani kim otgani hozircha noma’lum. Hujum prezident saroydagi masjidda namoz o'qiyotgan payt sodir etilgan.

Bugun poytaxt Sanoda hukumat askarlari muxolifatga qarashli telestansiyani vayron qilgach, qabilaviy yetakchi shayx Sodiq al-Axmarga sodiq kuchlar ular bilan o’q almashgan. Mamlakat fuqarolik urushi yoqasida ekani aytilmoqda. Joriy hafta to’qnashuvlarda muxolif kuchlardan 50 nafari o’lgan.

Mamlakat janubidagi Tayiz shahrida ham hukumat kuchlari prezident Solih iste'fosini talab qilayotgan namoyishchilarni o’qqa tutib, kamida 25 kishi o’lgan.

Zinjibor shahrida esa islomiy jangarilar hukumat kuchlariga qarshi hujumini davom ettirmoqda.

Yamanda tinch fuqarolarga qarshi harakatlarni qoralayotgan AQSh hukumati vaziyatni muhokama qilmoqda. Prezident Obamaning terrorga qarshi kurash bo’yicha maslahatchisi Jon Brennan hozir Birlashgan Arab Amirliklarida mintaqa davlatlaridan tashkil topgan Fors Ko’rfazi Kengashi a'zolari bilan uchrashmoqda.

Prezident Solih kengash vositachiligida ma'lum kafolatlar evaziga lavozimini bo’shatib muvaqqat hukumat tuzishga asos beruvchi bitimni imzolashdan uch bor bosh tortgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG