Breaking News

Al-Qoida Yamanda mahbuslarni o'ldirgan, Pokistonda esa lideridan ayrilgan


33 yoshli Luk Somers 2013-yilning sentabr oyida Sano yaqinida garovga olingan edi
33 yoshli Luk Somers 2013-yilning sentabr oyida Sano yaqinida garovga olingan edi

Yamanda terroristlar qo'lida o'tirgan amerikalik va uning sherigi o'ldirilgan. Ularni qutqarish uchun olib borilgan operatsiya samarasiz tugagan. Prezident Barak Obama afsusda ekanini aytib, al-Qoida qonxo'r tizim, insoniyat dushmani deydi.

Amerikalik fotograf Luk Somers va janubiy afrikalik Piyer Korki 2013-yilning sentabrida o'g'irlangan edi. Ularni asirga olganlar o'zini al-Qoida jangchilari deb tanishtirgan.

Kecha tunda olib borilgan amaliyotda Amerika maxsus kuchlari bir necha terroristni yo'q qilgan, deydi AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl.

Mahbuslar topilganida tirik bo'lgan, biroq biri vertolyotda, ikkinchisi esa kemada jarohatlardan jon bergan.

Fotograf va uning uning sherigi tasvirlangan video yuborilgach, Pentagon ularni qutqarish uchun maxsus operatsiya rejalagan edi, deydi Xeygl, ammo asirlar amerikalik harbiylar borgunicha otib bo'lingan. "Kechikdik", - deydi vazir.

Bugun ertalab Yamanda Amerika dronlari to'qqiz jangarini yo'q qilgan.

Pokiston armiyasi Janubiy Vaziristonda Adnan Shukrijuma ismli shaxsni o'ldirgan.

Shukrijuma al-Qoida liderlaridan biri, deydi Amerika rasmiylari. Uning yonidagi ikki kishi ham halok bo'lgan.

Adnan Shukrijuma Saudiya Arabistoni fuqarosi va Amerika uni tutishda yordamlashga tomonga 5 million dollar mukofot va'da qilgan.

Shukrijuma Nyu-York metro tizimida hujumlar rejalagan lekin buning oldi olingan, deydi agentlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG