Breaking News

Yamanda yangi prezident o'zgarish qilishga urinmoqda


Yaman dunyoning eng qashshoq va beqaror mamlakatlaridan biri
Yaman dunyoning eng qashshoq va beqaror mamlakatlaridan biri

Prezident yangilangan Yamanda to’rt viloyat hokimi ishdan olingan va o’ndan ortiq harbiy qo’mondon bo’shatilgan.

Havo kuchlari uchun yangi boshliq tayinlangan. Avval bu lavozimda sobiq prezident, namoyishlar natijasida hokimiyatdan ketgan Ali Abdulla Solihning ukasi o’tirar edi.

Lekin Solihning o’g’li Ali hamon Inqilobiy kuchlar rahbari va jiyani Muhammad esa Markaziy xavfsizlik kuchlari qo’mondoni.

Ularni bo’shatmay yangi prezident Obid Rabbo mansur Hadiy muvozanatni saqlab qolishga urinmoqda. Keskin o’zgarishlar aks natija berishi mumkin, deydi u.

Obid Rabbo Mansur Hadiy qashshoqlik domida yashayotgan mamlakatni oyoqqa turg’azishda Amerika yordamiga tayanmoqda.

AQSh esa o’z navbatida undan terrorga qarshi kurashga zo’r berishni, hamkorlikda al-Qoida makonlarini yo’q qilishni so’ramoqda. Tomonlar bunga allaqachon kelishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG