Breaking News

Yamanda hukumat adashib o'z tarafdorlarini o'ldirib qo'ygan


Yamanda hukumat adashib o'z tarafdorlarini o'ldirib qo'ygan
Yamanda hukumat adashib o'z tarafdorlarini o'ldirib qo'ygan

Yamanda al-Qoidaga qarshi olib borilgan havo hujumlarida hukumat tarafdori bo’lmish qabila yetakchilari o’ldirilgan.

Harbiylar xato qilganini tan olib, kechirim so’ramoqda. Kamida sakkiz kishi halok bo’lgan.

Voqea Abyan viloyati ma’muriy markazi Zinjibarda ro’y bergan. Bu hudud terror o’chog’i sanaladi.

Bu orada ekstremist guruhlar bilan olishuvda besh askar va besh jangari o’lgan.

Qabilaviy jangchilar hukumat tomonda
Qabilaviy jangchilar hukumat tomonda

Yaman janubida ko’plab qishloq va shaharchalarni al-Qoida bilan hamkor jangari kuchlar egallab olgan.

Yamanda hukumat unga qarshi namoyishlarni tinchitish bilan ovora bo’lib, terroristlarni ko’zdan qochirdi, deydi tahlilchilar.

G’arb davlatlari nazarida Yaman bugunga kelib radikal to’dalar to’plangan joy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG