Breaking News

Zika virusi ko’z ojizlikka va erta tug’ilishga ham sabab bo’lishi mumkin


Zika epidemiyasiga tayyor turing
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:23 0:00

Tomosha qiling

AQSh sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, Zika virusi haqida ma’lumot ko’paygan sari uning miyaga ta’siri olimlarni xavotirga solmoqda.

Yangi izlanish natijalaridan shunisi ma’lumki, Zika, ayniqsa, homilador ayollar salomatligi uchun xavfli, deydi AQSh Kasalliklarni nazorat etish va oldini olish markazi rahbarining o’rinbosari Enn Skuchat.

"Virus haqida biz o’rganayotgan har yangi ma’lumot ayanchli. Zika chaqaloqlarda nafaqat mikrotsefaliya, balki ko’z ojizlikka, muddatidan erta tug’ilishga ham sabab bo’lishini o’rganyapmiz”, - deydi doktor Skuchat.

Puerto-Rikoda yuz minglab odam Zikani yuqtirish ehtimoli bilan yuzlashar ekan, mutaxassis zudlik bilan chora ko’rish kerakligini aytib, Kongressni favqulodda choralar uchun qo’shimcha 1,9 milliard dollar ajratishga chaqiradi.

Oq uy mutasaddilariga ko’ra, pul virusni tashiyotgan chivinlar populyatsiyasini qisqartirishga, tashxis analizlari hamda vaksinani yaratishga sarflanadi.

AQShda shu kungacha 672 odamning virusni yuqtirgani aniqlandi, jumladan 64 homilador ayol.

Ayniqsa chivinlar ko’p okean bo’yidagi janubiy shtatlarda vaziyatning og’irlashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG