Breaking News

Senat Zikaga qarshi 1,1 milliard dollar ajratishga rozi


Chivin orqali yuqadigan virus, ayniqsa, homilador ayollar uchun xavfli. Bolalarda nevrologik xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Chivin orqali yuqadigan virus, ayniqsa, homilador ayollar uchun xavfli. Bolalarda nevrologik xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

AQSh Senati Zika virusiga qarshi kurash uchun 1,1 milliard dollar ajratish to’g’risidagi qonun loyihasiga ovoz berdi. Obama ma’muriyati Kongressdan qariyb 2 milliard dollar so’ragan edi.

Senatda ko’pchilikni tashkil etuvchi respublikachilar Oq uy so’ragan mablag’ning bir qismini ma’qulladi. Sog’liqni saqlash mutasaddilari Zika virusi Amerikada ham keng tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Demokrat qonunchi Jek Ridning ta’kidlashicha, favqulodda holatni bartaraf etish haqida gap ketayapti. Qo’shma Shtatlar va unga qarashli hududlarda virusni yuqtirganlar mingdan oshgan, shundan 100 nafari homilador ayollar. Yoz oylarida bu raqam yana oshishi tayin, deydi senator.

“Zika yuzasidan xavotirlar asosli. Virus yoyilishini bartaraf etmasak, oqibatlari halokatli bo’ladi”, - deya murojaat qildi respublikachi senator Syuzan Kollins.

Chivin orqali yuqadigan virus, ayniqsa, homilador ayollar uchun xavfli. Bolalarda nevrologik xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

AQSh Vakillar Palatasi Zikaga qarshi kurashga ajratishi kutilayotgan mablag’ yanada oz - 622 million dollar. Virusga qarshi vaksina topilganicha yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG