Katta Yettilikka kiruvchi davlatlar rahbarlari Rossiyani Ukraina suverenitetini buzganlikda ayblab, shu yil Sochida bo’ladigan Katta Sakkizlik sammitiga tayyorgarliklar to’xtatilgani haqida ma’lum qildi.
Katta Yettilik qo’shma bayonot chiqarib, Kremlni Ukraina hukumati bilan bevosita yoki xalqaro vositachi – BMT yoki Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti orqali gaplashishga undadi. Guruhga AQSh, Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya kiradi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashib, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda.
Lavrovga ko’ra, Qrimda siyosiy vaziyat o’nglanmaguncha Rossiya harbiylari tartibni ushlab turishga majbur. U bugun Jenevada BMT Inson huquqlari kengashining ochilishida so’zlab, zobitlar yarimoroldagi rus fuqarolarini himoya qilayotganini aytdi.
Ukrainadagi yangi hukumat Rossiyani bosqinchilikda ayblab, Moskvadan Qrimdagi Ukraina harbiy bazalarini o’rab olgan qo’shinlarini olib chiqishni talab qildi.
Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, tunda Rossiyaga qarashli qiruvchi samoloyotlar Ukraina hududiga kirib, Qora dengiz ustidan uchib o’tgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Rossiya va Qrim hukumatlari Ukrainadagi vaziyat bo’yicha ayni fikrda.
Lavrov telefon orqali Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan shu haqda gaplashgan. Rasmiy Pekin masalaning siyosiy yo’l bilan hal etilishi tarafdori.
Vazirlik so’zlovchisi Chin Ganning aytishicha, Xitoy Ukraina va Rossiya o’rtasidagi tarixiy bog’liqlikni va hozirgi vaziyatning chigalligini tushunadi.
"Voqealar ortida sabablar bor va barcha tomonlar o’tirib, muloqot qilishi, mintaqa barqarorligi yo’lida siyosiy yechim topishga harakat qilishi kerak", - dedi Xitoy rasmiysi.
Bugun AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden telefon orqali Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan gaplashib, rus qo'shinlarini Qrimdan chiqarishga, xalqaro kuzatuvchilarni Ukrainaga yo'llash taklifini qo'llab-quvvatlashga va Ukraina hukumati bilan muloqot boshlashga chaqirgan.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bugun favqulodda majlis qildi. Ularga ko'ra, Rossiyaning Qrimdagi harbiylari o'z kazarmalariga qaytmasa, unga qarshi chora ko'rilishini bildirgan. Bunday choralar qatorida qurol embargosi, Rossiya va Yevropa Ittifoqi o'rtasida vizasiz bordi-keldi bo'yicha muloqotning bekor qilinishi tilga olingan.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg bugun Kiyevda. Uning aytishicha, Qrimdagi rus qo’shinlari o’z bazalariga qaytishi lozim. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga diplomatik bosim choralari xususida gaplashadi, dedi u.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri esa Kiyevda ertaga bo’ladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot chiqarib, Kerrini Sovuq urush davriga xos gaplardan o'zini tiyishga, Kiyevda hokimiyatni qo'lga olgan qurolli guruhlar orasida antisemit va ruslarga qarshi hayqiriqlarga e'tibor qaratishga chaqirdi.
BMT bosh kotibining o’rinbosari Yan Eliasson ham Ukrainaga otlanmoqda.
Kecha Ukrainada to’liq harbiy safarbarlik e’lon qilingan. Mamlakatning sharqiy viloyatlari Kiyevdagi hukumat va parlament qarorlarini tan olmasligini ma’lum qildi. Xarkov, Odessa, Lugansk, Donetsk shaharlarida hokimiyat mahalliy kengashlar qo’liga o’tgan. Qrim esa yarimorol maqomi bo’yicha referendum e’lon qilmoqchi.