Qozog'iston agrosektoriga nazar
Your browser doesn’t support HTML5
Qozog’iston - Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng mustahkam davlat. Asosiy daromad manbai – qora oltin. Hukumat shunga tayanib xalq turmushini yaxshilashga, ta’lim, ishlab chiqarishga sayqal berishga urinmoqda, deydi tahlilchilar. Lekin iqtisodiyot birgina tabiiy boylikka asoslanmasligi kerak. Boshqa sohalarni ham rivojlantirish lozim. Shu bois hukumat qishloq xo’jaligiga e’tiborni oshirmoqda. Vaziyatni o’rganib chiqqan avstraliyalik professor, iqtisodchi olim Richard Pomfret fikricha, agrosektor, haqiqatan, ish o’rinlarini ta’minlab berayotgan soha.