Ko'krak rakiga qarshi kurash, targ'ibot - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada ko’krak saratoniga chalinayotganlar va undan jon berayotganlar soni o’tgan yillarda ancha kamaydi. Lekin Saraton uyushmasining ogohlantirishicha, bu yilning o’zida 230 mingdan oshiq ayolga tashhis qo’yilishi mumkin. 40 ming ayol esa undan qurbon bo’ladi. Bu albatta tibbiy ma’lumotlarga qarab qilinayotgan taxmin. Ayni damda Amerikada uch millionga yaqin ayol ko’krak saratoni bilan kurashmoqda, dunyo bo’ylab esa o’nlab million. O’tgan yili 1,6 million ayol undan vafot etgan. Kasallikni vaqtida aniqlash va darhol muolaja boshlash bag’oyat muhim, deydi shifokorlar. Ammo xotin-qizlarga buni tushuntirish oson emas. “Aloqada bo’l” deb nomlangan tashkilot faol targ’ibot olib bormoqda. Navbahor Imamova hikoya qiladi.