Yangi sayyora Yerning egizagimi? Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

U juda katta ham emas, kichik ham emas. Na juda issiq, na juda sovuq. Yaqinda kashf etilgan sayyora hayot uchun ayni muddao, deydi fazoshunoslar. Bizdan 500 yorug’lik yiliga teng masofadagi yulduz atrofida aylanadigan bu sayyoraning nomi Kepler-186f. Hajmi Yerdek keladi. Olimlar uning joylashuviga qarab, suv borligini ham taxmin qilmoqda. Ma’lumki, suv bor joyda hayot bor.