Diniy yoki siyosiy mahbus, gap inson huquqlarida - Navbahor Imamova
Your browser doesn’t support HTML5
Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha AQSh komissiyasi o’zining yillik hisobotini chiqardi. Unda tahlil qilinishicha, Markaziy Osiyo davlatlari e’tiqodni cheklashda yetakchi. Musulmon dunyosining ajralmas qismi bo’lgan bu o’lkalarda islom siyosiy tus olmasligi uchun nazorat mustahkam. Bu bilan esa hukumatlar inson huquqlari va xalqaro qonunlarni buzib kelmoqda, deyiladi Kongressga uzatilgan hujjatda. Navbahor Imamova hikoya qiladi.