O'zbekistonda davlatni nima ushlab turibdi? Bu haqda kitob yozgan amerikalik olim bilan suhbat
Your browser doesn’t support HTML5
Amerikada o'tgan oylar mobaynida muhokama qilingan kitoblardan biri "Davlat yemirilishi: Markaziy Osiyodagi o'g'irlanmas zaxiralar va bebosh elita" - State Erosion: Unlootable Resources and Unruly Elites in Central Asia - deb nomlanadi. Uning muallifi Nyu-Jersi shtatidagi Rovan universiteti professori, mintaqashunos olim Larri Markovitz. Navbahor Imamova professor Markovitz bilan kitob va unda ko'tarilgan masalalar haqida suhbatlashdi.