Xotin-qizlar salomatligi Qirg'izistonda og'ir masala - Muhiddin Zarif

Your browser doesn’t support HTML5

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga qaraganda, Qirg’iziston onalar o’limi bo’yicha Markaziy Osiyoda oldingi o’rinni egallaydi. Har yuz ming homilador ayolning ellik nafari hayotdan ko’z yumadi. Nohush ko’rsatkich keyingi 10 yil ichida deyarli o’zgarmagan. «Amerika ovozi» mahalliy shifokorlar, fuqaroviy jamiyat vakillari hamda onalarni suhbatga tortdi.