O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va yana bir necha rasmiy bu hafta AQShda.
Komilov kecha Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot qilgan. O'zbekiston-BMT hamkorligini oshirish hamda O'zbekistonning bu tashkilot doirasidagi faoliyatini kengaytirish haqida gap ketgan.
Bu yil Qozog'iston rais BMT Xavfsizlik Kengashi ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik borasida yig'in o'tkazadi. Majlisda Afg‘oniston, Markaziy Osiyo hamda mintaqaviy hamkorlikka ham alohida e'tibor qaratiladi.
Nyu-Yorkda Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa davlatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashadi.
So'ngra delegatsiya AQSh poytaxtida bu davlat rasmiylari va siyosatchilari bilan muzokara o'tkazishni ko'zlamoqda.
Nyu-York va Vashingtondagi majlis va uchrashuvlar tafsiloti bilan sizni shu yerda tanishtirib boramiz.