O'zbekiston rahbari Oq uyda

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Qo'shma Shtatlarga 15-may kuni yetib kelgan. Ertasiga Oq uyda AQSh rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi. ​

Your browser doesn’t support HTML5

Prezident Mirziyoyev Oq uyga yetib keldi

Your browser doesn’t support HTML5

Prezident Mirziyoyev Oq uyda

Your browser doesn’t support HTML5

Oq uydagi uchrashuv yakunlandi

Prezident samolyoti Merilend shtatidagi Endryus harbiy havo bazasiga qo'ngan. Odatda Vashingtonga kelayotgan chet el rahbarlari aynan shu aerodrom orqali bu davlatga qadam qo'yadi. AQSh prezidentining o'zi ham shu bazadan foydalanadi. Mirziyoyev Oq uyga qo'shni Bleyer Xaus mehmonxonasida joylashgan. Oq uyning eng yuqori darajali mehmonlari bu yerda turadi.

Endryus harbiy havo bazasi, Merilend shtati, 15-may, 2018

Tramp ma'muriyatiga ko'ra, O'zbekistonning bugungi rahbari islohotlar yo'lini tanlab, o'z davlatini porloq kelajak tomon yetaklamoqda. Amerika bu jarayonda O'zbekiston hukumati va xalqini quvvatlashga bel bog'lagan, deydi Oq uy rasmiylari.

Har bir sohada tomonlar kelishib, o'zaro manfaatlarga asoslangan holda qadam tashlaydi. Islohot - murakkab yo'l, deydi Prezident Trampning Markaziy va Janubiy Osiyo bo'yicha maslahatchisi Liza Kurtis.

"O'zbekiston oldidagi qiyinchiliklarni tushunamiz. Muammolar ham talay, ayniqsa inson huquqlari va adolat ta'minoti bobida. Biroq bugungi jarayonlardan umidvormiz", - deydi Kurtis.

Vashington nazarida o'tgan bir yarim ichida siyosiy majbuslar ozod etilib, qiynoqlar va majburiy mehnat singari azaliy muammolar tan olingani ularga qarshi kurash boshlanganidan darak. Qonunlar va farmonlar amalda isbotini topishi kerak, deya undamoqda AQSh hukumati.

Inson huquqlari bo'yicha tashkilotlar, xususan "Human Rights Watch"ga ko'ra, Kongress va Tramp ma'muriyatini O'zbekistonda islohotlar to'xtamasligi va sistematik o'zgarishlar bo'lishi uchun harakat qilishi, ya'ni tuzumni jadallikka chaqirishi lozim.

Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy tashrifi oldidan o’zbekistonlik tadbirkorlar va davlat kompaniyalari Amerika firmalari bilan 6,5 milliard dollarga teng shartnomalar imzoladi. O’tgan yili sentabr oyida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan O’zbek-Amerika biznes forumida ham tomonlar qator bitimlarga erishgan edi.

Endryus harbiy havo bazasi, Merilend shtati, 15-may, 2018

17-may kuni Prezident Mirziyoyev AQSh Mudofaa vazirligiga tashrif buyuradi. Pentagon rahbarlari bilan keng qamrovli muloqot kutilmoqda. Harbiy hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va Afg'oniston bo'yicha birga ishlash xususida gaplashiladi.

Payshanba kuni O'zbekiston rahbari uchun Kongress va Jahon bankida ham uchrashuvlar rejalangan.

Your browser doesn’t support HTML5

Mobil-salom: Oq uy oldida