Ayni kunlarda AQSh Kongressida immigratsiyaga oid yangi qonun muhokama qilinmoqda.
Mamlakat immigratsiya siyosatida yuz berayotgan va kutilayotgan bu o'zgarishlar nimalardan iborat? Ularning AQShda yashab turgan va AQShga kelishni istaydigan muhojirlarga, xususan, o'zbekistonliklarga ta'siri qanday? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shularni suhbat mavzusi qilib oldik.
Bu masalada eng to'g'ri javoblarni topish uchun studiyamizga asli o'zbekistonlik huquqshunos, AQShda o'z advokatlik firmasiga ega Mirakmal Niyazmatovni taklif qildik.
Qonun loyihasida tilga olingan masalalardan biri - Grin karta lotereya dasturini bekor qilish. Bu esa o'zbekistonliklarning AQShga kelish imkoniyatini yanada cheklaydi. Huquqshunosdan shu haqda ham fikr so'radik.
Suhbatimizni quyida batafsil tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5