"Amerika Ovozi" muxbiri Navbahor Imamova yaqinda O'zbekistonda bo'lib qaytdi. Ushbu tashrifning o'ziga xos jihati shundaki, u bu safar mamlakatga "Amerika Ovozi"ning akkreditatsiyadan o'tgan xodimi sifatida bordi.
Shu paytgacha mamlakatda "Amerika Ovozi" teleradiosining muxbiri yo'q edi. Ya'ni, bunga ruxsat olish imkonsiz bo'lgan. Mamlakatning yangi hukumati yaqinda "Amerika Ovozi" muxbiriga mamlakatga kelib ishlash huquqini berdi.
Bu nimadan dalolat? Hukumat nihoyat xorijdagi o'zbekzabon ommaviy axborot vositalariga ochildimi? Mamlakatda so'z erkinligi bugun to'la ma'noda o'zini namoyon qilyaptimi? O'zbekiston jurnalistlari hozir qanday ishlayapti? Mavjud muammolar va imkoniyatlar nimalardan iborat?
"Vashington choyxonasi"ning bu dasturida Navbahor Imamova bilan shu savollar atrofida suhbat qurdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5