Din

Vashington choyxonasi: AQShdagi musulmonlar hayotiga nazar

Dunyo musulmon ahli shu hafta Qurbon hayitini nishonladi. Shu bahonada “Vashington choyxonasi” mavzusini Amerikadagi musulmonlar, ularning bugungi ahvoli, siyosatdagi faolligi, qolaversa, ularga munosabatga bag'ishladik.

​Pyu tadqiqot markaziga ko'ra, AQShda musulmonlar soni 2007-yilda 2,35 milliondan 2017-yilga kelib 3,45 millionga yetgan. Bu raqamlarning hozir ham shiddat bilan o’sayotganini, musulmonlar oilalalaridagi tug’ilish va amerikaga kirib kelayot musulmon muhojirlar, va boshqa dindan Islomga kirganlar soni bilan bog’liq.

Shuningdek, bu jamiyatda musulmon oilalarda tug’ilib o’zini biror dinga mansub deb bilmaydigan yoki musulmon ekanini oshkor qilishni istamaydiganlar ham ham bor.

Suhbat davomida musulmonlar bu davlatda o'zini qanday his qilishi, ularning haq-huquqlari qanchalik ta'minlangani, Prezident Tramp ma'muriyatining musulmonlarga munosabati va musulmonlarning ichki muammolari haqida ham so'z yuritdik.

Siz yashaydigan hududda musulmonlarga munosabat qanday, sizning jamiyatingizda musulmonlar qay ahvolda, ularning yutuqlari va muammolari haqida nima bilasiz? Izohlaringizni qoldiring.