Din

Vashington choyxonasi: O'zbekistonda din va so'z erkinligi xavf ostidami?

  • Amerika Ovozi

Toshkentdagi bozorda musulmonlar namoz o'qimoqda.

Norasmiy manbalar va ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma'lumotga ko'ra, ayni paytda O'zbekistonda kamida 6 nafar bloger hibsda. Ular ma'muriy javobgarlikda ayblanib, 10-15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Shu hafta yuz bergan yana bir voqea - O'zbekistonda hukumat qarori bilan internet saytlari va bloglarini cheklashning tartibi e'lon qilindi. Bu qarorda saytlarni maqbul yoki nomaqbul deb topish bilan maxsus monitoring guruhi shug'ullanishi aytilgan. Saytlarni noqonuniy yoki zararli deb topish sud tomonidan berilgan qaror asosida amalga oshiriladimi? Hukumat qarorida bu haqda hech qanday so'z mavjud emas.

Bu voqealar O'zbekistonda so'nggi ikki yilda kuzatilgan erkinliklarning nihoyasiga yetayotganidan dalolat beradimi? Yoki tazyiqlar faqat diniy mavzularda faol bo'lgan fuqarolarnigina qamrab olyaptimi? So'z erkinligi huquqidan foydalanishda dindorlarga alohida munosabatda bo'lish to'g'rimi?

Shu kabi savollarga javob topish uchun "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonini O'zbekistonda din va so'z erkinligi mavzusiga bag'ishladik. Suhbatdoshlarimiz - o'zbekistonlik huquqshunos, hozirda AQShda advokatlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Mirakmal Niyazmatov va jurnalist, bloger Husniddin Qutbiddinov yuqorida tilga olingan mavzular bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: blogerlar taqdiri, O'zbekistonda din va so'z erkinligi