Afg’onistonning Faroh viloyati sog’liqni saqlash sohasi rasmiylari Tolibon harakatini bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash jarayonlariga to'sqinlik qilayotganlikda ayblamoqda.
Viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbari Adbdul Jabar Shoyiq ayrim xatarli hududlarda Tolibonning emlash jarayonlariga to’sqinlik ko’rsatayotgani yuzasidan o’z xavotirlarini bildirgan. Isyonchilar emlash ishlari faqatgina ularning o’zlari belgilagan odamlar tarafidan amalga oshirilishini talab qilmoqda.
“Qurollangan Tolibon bizning standartlarimizni qabul qilmaydi. Emlash jarayonini nazoratga olish maqsadida o’z shartlarining ijrosini talab qiladi. Ular emlash kampaniyasini mustaqil amalga tatbiq qilishga qarshilik qilmoqda”, - deydi Shoyiq “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
Ayni damda viloyatning faol fuqarolari Afg’onistonda poliomiyelitga chalinganlar soni dunyoda eng yuqori o’rinda turgan bir paytda raqib tomonlarni emlash jarayonini siyosiylashtirmaslikka chaqirmoqda.
“Falajga qarshi emlash hukumat dasturi emas. U siyosatdan xoli tibbiy dastur. Bu muhim jarayonni aslo siyosiylashtirmaslik lozim”, - deydi faollardan Nasim Minaval.
Afg’on qavmlari rahbarlari ham o’zlariga qarashli hududlardagi nufuzli shaxslarni muhim emlash jarayonlarini amalga oshirishga yordam ko’rsatishga chaqirmoqda.