Vashington choyxonasi: AQShda oraliq Kongress saylovlari nega muhim?

  • Amerika Ovozi

AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlarga bir oydan oz vaqt qoldi. Kongress Vakillar palatasidagi barcha o'rinlar va Senatning uchdan biri ovozga qo'yiladi. Demokratlar Vakillar palatasida ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritishga umid qilmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda, Prezident Tramp va respublikachi qonunchilarning ishi qiyinlashadi. Bu galgi saylovda faol va o'qimishli oq tanli ayollar ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi kutilyapti.

​Umuman, AQShda Kongress saylovlari nimasi bilan muhim? Kongressning har ikki palatasida ustunlikka ega respublikachilar nimadan xavotirda? Agar demokratlar har ikki palatada yoki ulardan birida ko'pchilik o'rinni qo'lga kiritsa, nima bo'ladi? Bu galgi saylovda asosiy bahs mavzulari nima? Nega bu saylov Prezident Donald Tramp faoliyati bo'yicha referendum deb atalmoqda?

"Vashington choyxonasi"da o'tkazgan navbatdagi suhbatimiz shu mavzular haqida bo'ldi. Muloqotni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: AQShda oraliq Kongress saylovlari