Shu yilning iyun oyi o'rtalarida AQSh fuqarosi bo'lgan asli o'zbekistonlik Zokir Aliyev O'zbekistonga borganda hibsga olinib, terrorizmga aloqadorlik, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish kabi bir qator ayblovlar bilan yuzlashgan va sudlangan edi.
O'sha payt Davlat Xavfsizlik Xizmatiga nisbat berilgan xabarlarda yozilishicha, Aliyev hatto Afg'onistonda jang qilgan, u yerda yaralangan va hisbga olingandan keyin bu ayblarni bo'yniga olgan. Bu voqealar haqiqatmi? Aslida nima bo'lgan edi? Sudda Zokir Aliyev qanday jinoyatlarda ayblandi va unga qanday hukm o'qildi?
Mana shu shov-shuvli voqealar qahramoni, ishtirokchisi bo'lgan Zokir Aliyevni studiyamizga taklif qildi. U "Vashington choyxonasi"da mehmon bo'lib, boshidan o'tkazganlarini bizga so'zlab berdi.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5