Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining Turkiyadagi Saudiya Arabistoni konsulligida o'ldirilgani siyosiy mojaroga aylanib ketdi.
U shu yil 2-oktabr kuni uylanishi uchun kerak bo'lgan hujjatni olish maqsadida Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib ketadi va qaytib chiqmaydi. Tashqarida uni kutib turgan qallig'i bu haqda turk politsiyasiga xabar beradi va shundan so'ng uni qidirish ishlari boshlanadi. Turkiya hukumati jurnalistning ichkarida qiynab o'ldirilganini da'vo qiladi. Riyod dastlab bu ayblovni rad etib, Qoshiqchi konsullikdan sog'-salomat chiqib ketganini aytadi. Turkiya uning o'ldirilgani haqida dalillar borligini, hatto qotillik audioga yozib olinganini e'lon qilgandan so'ng va xalqaro maydonda bosimlar oshgandan keyin, oradan 18 kun o'tgandan so'nggina Saudiya Arabistoni jurnalistning konsullikda o'ldirilganini tan oldi.
Jamol Qoshiqchi o'zi kim? Aslida nima bo'lgan edi? Nega bu voqea global mojaroga aylandi? Saudiya Arabistoni Turkiya da'volariga qanday munosabat bildirdi va AQShning bu voqea bo'yiza pozitsiyasi qanday?
"Vashington choyxonasi"da kechgan navbatdagi muloqotimizda shu savollarga javob izladik. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5