AQShning eng boy milliarderlari kimlar?

  • Amerika Ovozi

“Amazon” online savdo biznesining asoschisi Jef Bezos 150 milliard dollar egasi. U nafaqat Vashington shtati, balki AQShda ham eng boy odam sanaladi.

Amazon asoschisi Jef Bezos

Amazon asoschisi Jef Bezos

Nebraska shtatining eng boy kishisi biznesmen Uorren Baffetdir.

U o’z boyligi bilan AQShda ikkinchi o’rinni egallab turibdi. U bunga qanday erishdi? Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi “GEICO”, “Fruit of the Loom” va “Dairy Queen” kabi AQSning mashhur bizneslarini yuritadi. Shuningdek, u “Heinz”, “Apple” va “American Express” kompaniyalarining yirik aksiyalari egasi.

Uorren Baffet (o'ngda) sut mahsulotlari bo'yicha tadbirda.

Uorren Baffet (o'ngda) sut mahsulotlari bo'yicha tadbirda.

Kaliforniya shtatining eng boy odami Mark Zukerbergning moddiy holati mamlakat miqyosida uchinchi o’rinda turadi.

U Facebook asoschisi. Istagram va xalqaro aloqa vositasiga aylangan mashhur Watsappga egalik qiladi.

Jim va Elis Voltonlar Walmart supermarketlari biznesining aksionerlari bilan uchrashuvda.

Jim va Elis Voltonlar Walmart supermarketlari biznesining aksionerlari bilan uchrashuvda.