Vashington choyxonasi: Mirziyoyev islohotlari qanday ketmoqda?

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (chapda) AQSh rahbari Donald Tramp bilan, Oq uy, 16-may, 2018-yil

4-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti etib saylanganiga rasman ikki yil to'ladi. Ikki yil katta davr emas, lekin mustaqil O'zbekistonning 27 yillik siyosiy hayotida bu eng tezkor, yangiliklarga eng boy davr bo'ldi, deyish mumkin.

2016-yil O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov kutilmaganda olamdan o'tishi ortidan Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda hokimiyat tepasiga keldi. Shundan so'ng mamlakatda keng ko'lamli islohotlar boshlandi.

Islohotlar samara beryaptimi? Ular to'g'ri amalga oshirilyaptimi? Ikki yil ichida nimalar qilindi-yu, nimalar qilinmadi?

Siyosatshunos Rafael Sattarov hamda O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi qoshida tashkil etilgan "MFond" xayriya jamg'armasining AQShdagi vakili Nurmuhammad Parpiyevga shu savollarni berdik.

Muloqotimizni "Vashington choyxonasi"da tomosha qiling.