Jahon banki rahbari Jim Yong Kim iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Uning amaldagi muddati 2022-yilda yakunlanishi kerak edi. 59 yoshli prezident 1-fevral kunidan o’z lavozimidan ketadi.
Kim investitsiya firmasiga ishga o’tib, rivojlanayotgan mamlakatlar infrastrukturasini rivojlantirish bilan shug’ullanmoqchi. Bank uning bu qarori yuzasidan batafsil ma’lumot bermagan. Jahon bankining ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva vaqtinchalik prezident lavozimini egallaydi.
Kim aslida shifokor va antropolog. Qashshoq mamlakatlarda tuberkulyoz va OITSga qarshi kurashishga qaratilgan loyihalarni boshqargan.
Jahon banki rahbari sifatida Kim favqulodda qashshoqlik holatlariga qarshi kurashni kuchaytirdi. Iste’fo arizasida Kim pandemiyaga nisbatan choralar va iqlim o’zgarishi natijasida boshqa hududlarga ko’chgan aholiga yordam ko’rsatishni moliyalashtirishning innovatsion yo’llarini joriy qilish ustida ishladi.
Shuningdek, BMT va yetakchi texnologiya kompaniyalari bilan ocharchilikni o'rganish va oldini olish bo’yicha tashabbuslar bilan chiqdi.
Jim Yong Kim Koreyada dunyoga kelgan lekin Amerikada ulg'aygan. O'zini koreys-amerikalik deb biladi. Shu diyorda ta'lim olgan. Demokratik partiya vakili. Jahon banki prezidentligiga uni Obama ma'muriyati 2012-yilda ko'rsatgan.