Berlin: Mirziyoyev islohotlarini quvvatlaymiz, hamkorlik kengayadi

Berlin, 21-yanvar, 2019

Berlinda Kansler Angela Merkel va Prezident Shavkat Mirziyoyev o’rtasidagi muzokaralar kutilmaganda tomonlarning matbuot uchun besh daqiqalik bayonoti bilan boshlandi. Jurnalistlarning O’zbekistondagi siyosiy vaziyatga doir savoliga o’rin qoldirilmagan bu brifingda Mirziyoyev va Merkel ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish rejasi haqida gapirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Berlin/Myunxen: Mirziyoyev Germaniya bilan muloqotda

20-yanvar kuni kechga tomon Germaniyaga yetib kelgan Mirziyoyev Berlinda O’zbekiston prezidenti uchun ajratilgan qarorgohda vatandoshlar - mutaxassislar va talabalar - bilan ko'rishdi.

Mirziyoyev Berlinda 21- yanvar ertalab mahalliy vaqt bilan 10.30 da Germaniya prezidenti Frank-Volter Shtayenmayer qarorgohiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Marosimdan so’ng prezidentlar hamkorlikni kengaytirish xususida suhbatlashdi.

Merkel Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin "mamlakatda boshlangan ijobiy o’zgarishlar" haqida gapirib, prezidentni quvvatladi.

Xavfsizlik masalasidagi hamkorlikni qayd etgan kansler O’zbekistonning Afg’oniston bo’yicha tashabbuslarini ham e’tirof etdi.

Mirziyoyev Germaniyani dunyodagi qudratli davlatlardan biri sifatida tilga olib, bu mamlakat bilan siyosiy, iqtisodiy, fan-texnika, biznes sohalarida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, O’zbekiston boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish qarorida qat’iy ekanini aytdi.

Davlat rahbarlarining matbuotga atalgan qisqa bayonoti ortidan O’zbekistondagi siyosiy vaziyatga doir ko‘tarilgan jurnalistning savoli bo’lindi. Aniqrog’i, Merkel muzokaralar endi kutilayotganini ta’kidlab, Mirziyoyevga yo’llangan savolga o’rin qoldirmadi.

O’zbekiston-Germaniya biznes hamkorligiga doir bir nechta hujjatlar imzolangan.

Mirziyoyev Germaniya parlamenti Bundestagga ham bordi. Bundestag raisi Vofgang Shoyble bilan uchrashuvda parlament aloqalarini rivojlantirish muhokama qilingan.

Mirzyoyev Muyunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder va mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashmoqda.

O'zbekiston-Germaniya: Berlin va Myunxenda muzokaralar