AQSh Venesuela, Kuba va Nikaraguaga qo’shimcha saksiyalarni joriy qilmoqda. Bu Vashingtonning g’arbiy yarim shardagi sotsialistik davlatlarga qarshi zarbasi sifatida baholanmoqda.
Prezident Donald Tramp ma’muriyati Venesuela rahbari Nikolas Maduroning iste’fosini talab qilmoqda. Vashington, xususan, 50 dan ziyod mamlakat Milliy Assembleya lideri Xuan Guaydoni Venesuelaning prezidenti sifatida tan olgan.
Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Jon Bolton Janubiy Amerika mamlakatining hokimiyat almashinuvi bosqichiga juda yaqin turganiga ham urg’u berdi.
“Hokimiyatning tinch yo’l bilan yangi liderga o’tkazilishini qo’llaymiz. Biz hokmiyat almashinuvi tarafdorimiz. Bu haqda Maduro va uning atrofidagilar qayg’ursin”, - deydi Bolton.
Maduroning iste’fosiga erishish barobarida AQSh rasmiylari Kubaga qarshi bosimni kuchaytirmoqda.
“Venesuela hukumatiga qarshi mamlakat ichidagi 20-25 ming kubalik kurashmoqda. Biroq bu urinishlarga ham endi yakun yasalishi mumkin”, - deydi AQSh rasmiysi.
Tramp ma’muriyati, shuningdek, Kubada Fidel Kastro rahbarlik qilgan 1960-yillarda AQSh fuqarolaridan musodara qilingan mulklardan foydalanuvchi barcha xorijiy kompaniyalarni sudga berish imkoniyatini yaratmoqda.
Jon Bolton ana shunday arz bilan sudga murojaat qilishni taqiqlovchi qonunning bekor qilinganini e’lon qildi.
AQSh Kubaga qarshi 60 yildan beri qo’llab kelayotgan iqtisodiy embargo o’z kuchida qoladi.
Barak Obama ma’muriyati davrida Kuba bilan aloqalarni yaxshilashga doir tashabbuslar ham bo’lgan. Biroq Tramp ma’muriyati Gavanaga qarshi sovuq urush davriga xos siyosatga qaytmoqda.