"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida so'nggi kunlarda internetda ko'p bahs qilingan mavzu - O'zbekistonda ko'p fuqarolik masalasi haqida gaplashdik. Bu bahslarning boshlanishiga sababchi bo'lgan inson - Nur Parpiyev studiyamiz mehmoni bo'ldi.
O'zbekistonda ko'p fuqarolikni joriy qilish taklifi haqida Nur Parpiyev yozgan maqola ko'plab mahalliy saytlarda e'lon qilindi, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. Bu taklifni qo'llaganlar ham, unga qarshi chiqayotganlar ham bor.
O'zbekistonda qo'sh fuqarolik yoki ko'p fuqarolikka ruxsat berilishi mumkinmi? Bundan aholiga, xorijdagi vatandoshlarga va davlatga qanday foyda va ehtimoliy zararlar bor?
Muloqotimizda shu savollarga javob izladik. Suhbatni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5