AQSh moliya rasmiylari Toshkentda

  • Amerika Ovozi

Amerika O'zbekistonda islohotlar jadallashishi uchun zarur qadamlarni quvvatlashni istaydi

Ayni damda AQSh Moliya vazirligi delegatsiyasi O'zbekistonda. Respublika moliya, sarmoya, savdo va markaziy bank va kapital bozori rasmiylari bilan muloqotlar kechmoqda. Vashingtondan borgan mutasaddilar O'zbekistonga iqtisodiy va moliyaviy ko'mak, xususan texnik yordam bo'yicha maslahatlashmoqda. Texnik madad ko'rsatishga ishtiyoq kuchli.

AQSh Moliya vazirligida mana shunday madad ko'rsatuvchi bo'lim bor. Maqsad, deydi Amerika tomon, O'zbekistonda islohotlar jadallashishi uchun zarur qadamlarni quvvatlash. Moliya sektorini mustahkamlash eng dolzarb vazifalardan biri.