Vashingtonda O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rni va sarmoya oqimi, xususan oshkoralik, erkinlik, siyosiy va moliyaviy tizimga ishonch singari muhim omillar muhokamada ekan, maxsus seminarda ishtirok etayotgan Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Gulyamov bilan gaplashdik.
Your browser doesn’t support HTML5
Bugun O'zbekiston o'z iqtisodiyoti hajmi haqida qanchalik aniq ma'lumotlar va tasavvurga ega? Sanoat va ishlab chiqarish borasida dunyo nimalarni bilmaydi?
Reytinglardagi o'rnini ko'tarish Toshkent uchun qanchalik muhim?
Xalqaro hamjamiyat berayotgan maslahatlarga, xususan oshkoralik va shaffoflik talabi, qonun va tartibni oydinlashtirish, soliq tizimini islah qilish va ma'muriy boshqaruvni yaxshilash borasidagi tavsiyalarga Gulyamovning vazirligida munosabat qanday?
Fuqaro jamiyati va inson huquqlari bilan bog'liq ahvol hamda qonun ustuvorligi xususida amerikalik ekspertlar, xususiy sektor vakillari, nohukumat tashkilotlarning mutaxassislari Toshkentdan kelgan yuqori lavozimli delegatsiyaga nimalar dedi?
O'zbekiston hukumati norasmiy, yashirin iqtisodni qanday o'lchaydi? Uni bilish Mirziyoyev ma'muriyati uchun qanchalik muhim?
Bugungi vaziyat, o'sish, inflyatsiya, yutuq va kamchiliklar haqida haqqoniy axborot olish mumkinmi?
Bu va boshqa savollarga javoblar Gulyamov bilan intervyuda.