Zimmasiga O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rnini ko'tarishdek ulkan vazifa yuklangan Odilbek Isakov, Moliya vaziri o'rinbosari, ayni damda Vashingtonda. Aynan shu mavzudagi uch kunlik seminarda qatnashdi. U qatori Toshkentdan yana to'qqiz yuqori lavozimli rasmiy keldi.
Your browser doesn’t support HTML5
Mashg'ulotlar bu delegatsiya uchun maxsus tashkil etilgan. Jons Hopkins Universiteti qoshidagi Fuqaro jamiyatlarini o'rganish markazi va O'zbekiston elchixonasi hamkorlikda olib borayotgan loyihaning ilk namunasi.
Reytinglarda ko'tarilish O'zbekiston uchun nega dolzarblashdi?
Mamlakat o'z nufuzini oshirish uchun nima qilmog'i lozim? Sistematik o'zgarishlar ko'lami mamlakatda qay darajada?
O'zbekistonning moliyaviy ahvoli qanday? Islohotlar nimada seziladi, nimada sezilmaydi? Hukumat bugun qanchalik oshkora ishlayapti, xususan Moliya vazirligi?
Isakov xorijdan qaytib, yuqori mansablarda ishlayotgan 15 dan ortiq mutaxassisdan biri. Vatanga, sistemaga va umum sharoitga ko'nikish qanday kechmoqda?
Muloqotda yana boshqa masalalar ham ko'tarildi. Tomosha qiling.