Prezident Donald Tramp Kongressdagi to'rt demokrat ayol bilan olishishda davom etmoqda. U "Twitter" orqali bu ayollarni "o'zlari kelgan joy"ga ketishga undagan edi. Kelib chiqishi muhojirlardan va ozchilik etnik guruhlar vakili bo'lgan qonunchilarga qarata aytilgan bu gaplar keskin bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.
Vakillar palatasi prezident bayonotini irqchilik deya qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi. Mamlakat bo'ylab Trampga qarshi keskin tanqidlar yangradi. Ammo prezident hanuz o'z so'zini qaytib olgani yo'q.
"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik.
Quyida muloqotimizni tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5