Virjiniya shtatida qonunchilik organi ish boshlaganiga 400 yil to’ldi. Bu sana AQShda demokratiya ildiz otgan tarixiy kun sifatida muhim ahamiyatga ega. Mahalliy qonunchilar Prezident Donald Trampni ushbu kunni nishonlashga noloyiq deb biladi. Biroq e’tirozlar Trampni to’xtatmadi. Prezident tantanali tadbirda ishtirok etish uchun Virjiniyaning Jeymstaun shahriga bordi.
“Bundan 400 yil avval – aynan shu kunda, Jeyms daryosi sohilida, Yangi dunyoda xalq vakillaridan iborat ilk qonunchilik assambleyasi yig’ilgan. Vatanparvar avlodlarning sadoqatli xizmati bilan qonunchilik organi asrlar osha ravnaq topgan. Ana shu faxrli an’ana endilikda Sizning ishtirokingizda davom etmoqda”, - dedi Tramp.
Davlat rahbarining nutqini demokrat vakil Ibrohim Samiraning hayqirig’i bo’ldi:
“Janob prezident, sizning bizni haydashga haqqingiz yo’q! Virjiniya bizning uyimiz!”.
Takror-takror yangragan ana shunday sadolar ostida politsiya Ibrohimni tadbirdan chetlatdi.
Yig’ilganlarning boshqa qismi asli falastinlik stomatolog xatti-harakatlarini qoraladi. “Amerika, Amerika!” va “Tramp, Tramp!” degan hayqiriqlar bilan davom etdi tadbir.
Virjiniya shtati respublikachilar partiyasi Ibrohim Samirani antisemitizmda aybladi.
Virjiniya gubernatori Ralf Nortamning Prezident Trampni tadbirga taklif etishiga e’tiroz bildirgan demokratlar anjumanda qatnashmadi.
“G’arb dunyosida bunyod etilgan eng ko’hna demokratik organning 400 yilligini nishonlash uchun amaldagi prezident munosib emas. Bizning Jeymstaun-Yorktaun fondiga maslahatimiz quyidagicha: “Prezidentni ortga qaytaring”, deb yozdi shtatning demokrat liderlari.
Tadbirda ishtirok etgan demokratlar ham bo’ldi.
“Taklif etilgan rahbar demokratik qadriyatlardan yiroq shaxs bo’lsa-da, ushbu muhim anjumanda qatnashishga qaror qildim. Men demokratiyani tantana qilish uchun kelgan shaxsni bo’lajak rahbar auditoriyadan quvib yuborishiga qarshi chiqaman. Bunday tartibsizlikka qo’shilmayman. Rahbarning ayirmachiligini yoqlamayman”, - dedi senator Adam Ebbin.
Tramp so’nngi kunlarda demokrat qonunchi ayollarga irqchilik asosida bosim o’tkazganlikda ayblanmoqda. Prezident buni inkor etadi. Biroq e’tirozlar o’tkazilgan so’rov natijalariga ta’sir qilib ulgurgan.
Mamlakat miqyosidagi so’rovda ishtirok etganlarning 51 foizi Trampni irqchi deb hisoblaydi. 45 foiz ishtirokchi esa aksincha fikrda.