Atambayevni hibsga olish uchun maxsus operatsiya qonli tus olgan

  • Amerika Ovozi

Atambayevning hovlisi oldida, Qo'ytosh qishlog'i

Qirg'izistonda bugun sobiq prezident Almazbek Atambayevni hibsga olish uchun uyiga maxsus qurollangan kuchlar borgan. Lekin tarafdorlari sobiq prezidentni himoya qilishi oqibatida o'rtada otishma kelib chiqqan.

Kamida bir odam o'lgan, 36 kishi yaralangan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Atambayev hanuz uyida.

Qirg'iziston parlamenti korrupsiyada ayblanayotgan Atambayevni sobiq rahbar sifatida daxlsizlik huquqidan ayirgan.

Maxsus kuchlarga ko'ra, operatsiyada rezinali o'q ishlatilgan. Voqea g'alayon uyg'otgan. Atambayevning tarafdorlari va zobitlar to'qnashgan.

Atambayev yaqinda Moskvaga borib, Rossiya rahbari Vladimir Putinning quvvatlovini olgan edi. Lekin Putin Qirg'iziston rahbari Suronboy Jeenbekovni ham quvvatlagan.

Atambayev hovlisi oldida, 7-avgust, 2019

Atambayev hovlisi oldida, 7-avgust, 2019