Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tgan saylovning natijalari haligacha e’lon qilinmagan. Mustaqil saylov komissiyasi taqvimiga ko’ra, dastlabki natija 19-oktabr kuni, yakuniy natija esa 7-noyabrda e’lon qilinishi kerak edi.
Lekin saylovda yuz bergan soxtakorlik va texnik muammolar sabab saylov komissiyasi natijlarni e'lon qilishni 14-noyabrga o'zgartirdi. Ammo bu sana ham o'zgarishi mumkin.
Saylov natijalarini e’lon qilish ishi kechilktirilayotgani ko’plarning e’tiroziga sabab bo’lmoqda. Odamlar nazarida mustaqil saylov komissiyasi o’z ishini uddalay olmayapti.
Nomzodlar esa soxta ovozlarni haqiqiy ovozdan ayirib olish kerak degan fikrda.
Saylov natijlari bo’yicha ikki yetakchi nomzod – Ashraf G’ani va Abdulla Abdulla tortishib keladi.
Abdulla Abdulla soxtda ovozlarning deyarli ko’p qismi Ashraf G’ani foydasiga iste’mol qilinganini iddao qiladi.
Lekin Ashraf G’ani bunday iddaolarini rad etar ekan, shaffoflikni ta’minlash komissiya vazifasi ekanini ta’kidlaydi.
Afg’oniston bu safargi prezident saylovida yangi texnologiyadan foydalangan ekan, har qanday soxta ovozlarni haqiqiy ovozlardan ayirish mumkin. Bu degani komissiya o’z mustaqilligini saqlay olsa, unga nisbatan siyosiy bosim bo’lmasa shaffoflikni ta’minlash mumkin.
Afg’oniston saylov texnikasini Germaniyaning "Dermalog" kompaniyasidan sotib olgan. Texnik muammolar, takroriy ovozlar va boshqa masalalar bo’yicha komissiya har kuni Dermalog kompaniyasi bilan maktub almashib turadi. Aynan shu masalaning o’zi saylov ishi jarayoniga salbiy ta’sir qoldirmoda.
Kuzatuvchilar nazarida Afg’oniston mustaqil saylov komissiyaning Dermalog kompaniyasiga vobastaligi, komissiyaning o’zi barcha muammolarni hal qila olmayotgani vaziyatni murakkablashtirgan.
Mustaqil saylov komissiyasi ishini ayni damda xorijiy davlat vakillari yaqindan kuzatib bormoqda. AQSh elchixonasi, Yevropa ittifoqi va BMT nazorat qilmoqda. Ular Afg’oniston saylovda yangi texnologiyadan foydalanganligini olqishlab chiqqan.
"Dermalog" ning Afg’oniston mustaqil saylov komissiyasiga yozishicha, 86 mingta ovozlar belgilangan me’yorlarga zid ravishda iste’mol qilingan. 47 mingtasi takroriy ovozlar.
Komissiya ushbu ovozlarni qaytadan birma-bir sanab chiqmoqchi. Buning uchun saylov komissiyasi xodimlari va kuzatuvchilar qisqa muddatli treningdan o’tib olgan. Ular me’yorga zid bo’lgan ovozlarni tekshirib chiqadi.
Lekin yana 300 ming ovoz belgilangan vaqtdan avval va keyin, qonuniy yoshga to’lmaganlardan olingani bois, Abdulla Abdullaning ta'kidlanishicha, bekor qilinadi. Lekin saylov komissiyasi bu borada haligacha qaror qabul qilmagan.
Mustaqil saylov komissiyasi salovning boshlang’ich natijlarini 14-noyabr kuni e’lon qilmoqchi. Lekin mazkur sanada saylov natijlari e’lon bo’lmasligi ehtimoli kuchli. Komissiya qolgan ishlarini 14-noyabrgacha tugata olmasligi mumkin.
Mustaqil saylov komissiyasiga bergan ma’lumotlarga ko’ra, 9,6 million odam ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tgan edi. Lekin 28-sentabr kuni o’tkazilgan saylovlarda 1,8 million odam ovoz bergani aniqlangan. Ya’ni ro’yxatdan o’tganlarning 19 foizi ovoz bergan.