Shuhrat G'aniyev kim? Bugungi O'zbekistonda hokimlarga e'tibor kuchli. Chunki islohotlar samarasi ko'p jihatdan mana shu lavozimda kim o'tirganiga bog'liq. Uning faoliyati va shaxsiyati - milliy ahamiyat kasb etuvchi omillar. Farg'onaning uzoq yillik hokimi Shuhrat G'aniyev O'zbekiston matbuotida va ijtimoiy tarmoqlarda so'kag'on, qo'pol, kibrli, qahri qattiq, jahldor va o'jar bir inson sifatida gavdalanadi. Amerika Ovozi O'zbekiston hokimlari bilan muloqotni shu insondan, respublikaning ikkinchi eng katta qismini boshqarayotgan siyosatchidan boshladi. Intervyu to'liq holda shu kanalda, shu hafta.
Farg'ona viloyati hokimi: Men sizga ochig'ini aytaman...
Your browser doesn’t support HTML5
O'zbekiston ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, jurnalist va blogerlar og'zidan tushmay qolgan Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniyev "Amerika Ovozi" bilan eksklyuziv muloqotda nafaqat siyosiy balki shaxsiy savollarga ham javob berdi. Intervyu to'liq holda shu sahifada.