O’zbekistonda prezident qaroriga muvofiq yosh vatanparvar blogerlar guruhi tuzilishi mumkin. Shunday guruh nazarda tutilgan qaror loyihasi muhokamaga qo’yilgan. Prezident imzolashi kutilayotgan qaror loyihasini Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan.
Qaror loyihasi “Voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida” deb nomlanadi.
Loyihaning jamoatchilikka taqdim etilishi jiddiy munozaralarga sabab bo’lgan.
Buni ham ko'ring O'zbekistonlik blogerlar koronavirusga qarshi kurashmoqdaTanqidchilar O’zbekistonda Ichki ishlar vazirligi nazoratidagi trollar armiyasi yuzaga kelishini taxmin qilmoqda.
Faollarni “vatanparvar blogerlar” doirasidan tashqarida qolgan blogerlarning qaysi toifaga kirishi, bunday guruh tashkil etishdan maqsad nimaligi qiziqtirmoqda.
“Amerika Ovozi” jamoatchilikda keskin munozara uyg’otgan bu qaror loyihasi haqida sharhlovchi Anvar Nazir bilan suhbatlashdi.
Your browser doesn’t support HTML5